Harbiy va dengizchilik sohalariga ixtisoslashgan jurnalga ko‘ra, Xitoy Tayvanga qarshi desant operasiyalari uchun mo‘ljallangan ulkan ko‘prik-kemalarni qurmoqda.
Naval News manbasiga ko‘ra, Pekin hozirda kamida beshta maxsus desant kemalarini qurmoqda. Ushbu kemalar katta miqdordagi zirhli texnikani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tayvan yo‘llariga tushirish imkoniini beradi.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Xitoyning Tayvanga qarama-qarshi joylashgan sharqiy sohilida tezkor qurilish ishlari ketayotganini ko‘rsatmoqda.
Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari bu kemalar aniqlanganidan so‘ng, ularning dengizda joylashtirish modellarini nashr qildi.
"Bunday maxsus kema-ko‘priklarining qurilishi Tayvanga ehtimoliy bosqin uchun tayyorgarlikni ko‘rsatadi. Ehtimol, Xitoy buni kemalar fuqarolik maqsadlarida foydalanilishi bilan izohlashi mumkin. Ammo shunga o‘xshash fuqarolik kemalariga qaraganda ancha katta bo‘lgan ko‘p sondagi kemalar qurilayotgani buni ishonchsiz qiladi", deya xulosa qiladi Naval News.