Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tayvandagi provokasiyalar javobsiz qolmasligini bildirdi

A A A
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tayvandagi provokasiyalar javobsiz qolmasligini bildirdi

Brifingda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning "Tayvan mustaqilligi"ni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarning provokasiyalari javobsiz qolmasligini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda.

"Tayvanning mustaqilligi Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik bilan mos kelmaydi. Orolning "mustaqilligi" tarafdorlarining provokasiyalar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlari javobsiz qolmaydi" - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Mao Ning, shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozida barqarorlikka intilayotgan davlatlarni "Tayvan mustaqilligi" tarafdorlariga qarshi turishga chaqirdi. Shu bilan birga, u XXR o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda davom etishini ta’kidladi.

Kiritildi: 16:16 14.10.2024. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!