Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi: "Amerika diplomatiyasi - adolatsiz"

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi: "Amerika diplomatiyasi - adolatsiz"

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Liszyan o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi demokratiya tamoyillari adolatsizligini qayd etgan postini e’lon qildi.

Xitoylik diplomat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Prinston universiteti tadqiqot ma’lumotlariga ishora qildi, unga ko‘ra Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisining 90 foizi mamlakatning siyosiy yo‘nalishiga deyarli ta’sir qilmaydi.

“Amerika demokratiyasi nima? Ko‘pchilik gapiradi, lekin birorta siyosatchi uni tinglamaydi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Avgust oyida Chjao Liszyan demokratiya masalalari bo‘yicha G‘arbning ikkiyuzlamachiligini masxara qilgan rasmni joylashtirdi.

Unda Iroq, Afg‘oniston va Kubadagi mojarolarning qo‘lda chizilgan suratlari ko‘rsatilgan bo‘lib, amerikalik tank, raketa va kemada “Demokratiya” deb yozilgan.

Kiritildi: 10:43 24.09.2022. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!