Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I 19-22 noyabr kunlari Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilgan.
Tashrif doirasida Van I har bir davlatning tashqi ishlar vazirlari bilan alohida “strategik muloqot” o‘tkazadi. Uchrashuvlar mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va Yevroosiyo hamda “Belt & Road” tashabbuslari doirasidagi qo‘shma loyihalar muhokamasiga bag‘ishlanishi kutilmoqda.
Xitoy tomoni fikricha, tashrif «Xitoy - Markaziy Osiyo» ikkinchi sammiti yakunlari va Xitoy raisi Si Jinping va Toshkent, Bishkek, Dushanbe o‘rtasidagi umumiy kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi, siyosiy o‘zaro ishonch va an’anaviy do‘stlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi yuqori darajadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi, shuningdek, «Xitoy - Markaziy Osiyo» hamjamiyatini barpo etishga ko‘proq ijobiy hissa qo‘shadi.