Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola: «Husanov o‘zini yaxshiroq his qilmoqda»

Gvardiola: «Husanov o‘zini yaxshiroq his qilmoqda»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Abduqodir Husanovning sog‘lig‘i borasida to‘xtalib o‘tdi.

«Husanov o‘zini yaxshiroq his qilmoqda. U «Everton»ga qarshi o‘yinda kuchli zarba qabul qilib olgandi, ammo ha — hozir u ancha yaxshi», — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

2025/2026 yilgi mavsumda Abduqodir Husanov barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Ertaga, 13 may kuni «Manchester Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi. Ayni damda Gvardiola shogirdlari peshqadam «Arsenal»dan 5 ochko orqada qolmoqda, biroq zaxirada bitta o‘yinlari mavjud.

Kiritildi: 23:51 12.05.2026. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!