Qo‘shma Shtatlar Tayvan masalasiga aralashishga haqqi yo‘q, chunki u Xitoyning ichki ishlariga tegishli. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.
"Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi, Qo‘shma Shtatlar uning hal etilishiga hech qanday tarzda aralashishga haqli emas", - deya xitoylik diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.
Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin dunyoning hech bir davlati Tayvan masalasida hukm yuritishga haqli emasligini, Xitoy chet el aralashuviga toqat qilmasligini aytgan edi.