Xitoylik olimlar sun’iy intellekt asosida avtonom ishlay oladigan birinchi qutqaruv robotini ishlab chiqdi. Sinovdan so‘ng qurilma markaziy Xenan provinsiyasi suv havzasida patrullik qila boshlaydi.
Mamlakat Fanlar akademiyasining Xefeya fizika fanlari instituti mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, robot sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi va ulkan hajmdagi ma’lumotni qayta ishlashga qodir.
Qurilma kecha-kunduz ishlashi mumkin, faqat buning uchun nazoratdagi hududni qamrab oladigan 100 ta optik va termal tasvirlash kameralari tarmog‘i kerak.
Robot qutqaruv suzgichi va temir qo‘l bilan jihozlangan, aynan shu vositalar yordamida odamni suvdan chiqarib olishi mumkin.
XXR Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda robotlar bilan bog‘liq 190 mingdan ko‘p patent rasmiylashtirilgan. Bu dunyo bo‘yicha ayni ko‘rsatkichning uchdan ikki qismiga teng.