Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasidagi qariyalar uyida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in seshanba kuni kechqurun Chende shahrining Lunxua okrugida sodir bo‘lgan. Chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 holatiga ko‘ra, jami 20 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi.
Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.