Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy “sariq” ogohlantiruvchi belgi vaqtini uzaytirdi

A A A
Xitoy “sariq” ogohlantiruvchi belgi vaqtini uzaytirdi

Xitoy Milliy meteorologiya markazi juma kuni ertalab mamlakatning ko‘plab hududlarida anomal issiq munosabati bilan “sariq” darajadagi ogohlantirish belgisi muddatini uzaytirdi, deb xabar beradi Xinhua axborot agentligi.

Milliy meteorologiya markazining prognoziga ko‘ra, juma kuni kunduzi mamlakatning Shensi, Shansi, Xebey, Shandun, Xenan, Anxoy, Szyansu, Xubey, Xunan provinsiyalari, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining ayrim hududlarida, shuningdek Sichuan havzasi va Xaynan orolida havo harorati Selsiy bo‘yicha 35-36 daraja bo‘ladi.

Shu bilan birga, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining ayrim hududlarida, Shensi, Shandun, Xenan, Anxoy, Szyansu, Xubey provinsiyalari va Chunsin shahrida maksimal harorat 37-39 darajagacha ko‘tarilishi, ba’zi hududlarda esa termometr ko‘rsatkichi hatto 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Milliy meteorologiya markazi tushdan keyin ochiq havoda faol mashg‘ulotlardan qochish va bolalar va qariyalar kabi zaif guruhlarni himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Kiritildi: 23:01 14.06.2024. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!