Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakun NATO Bosh kotibi Mark Ryuttening Pekin, Shimoliy Koreya va Eron Rossiyani qo‘llab-quvvatlayapti degan bayonotiga izoh berdi.
“Ukraina masalasida Xitoy doim tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga amal qilgan, siyosiy nizoni hal etishga faol yordam bergan, jangarilarga hech qachon qurol taqdim etmagan va ikki tomonlama mahsulotlar eksportni qat’iy nazorat qilgan,” — dedi u.
Xitoy harbiy xodimlarining Rossiya harbiy bazalariga yuborilishi haqidagi taxminlarga kelsak, Go Szyakun bu borada hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
Bundan oldin Kyiv Post nashri Ukraina Razvedka bosh boshqarmasiga tayanib, 2025 yilda Rossiya o‘z harbiy bazalarida taxminan 600 nafar xitoylik harbiy xodimni malaka oshirish uchun qabul qilishi haqida xabar qilgan edi.