Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin Xitoy va Rossiya Qrimni Rossiya Federasiyasining qolgan qismi bilan bog‘laydigan suv osti tunnelini birgalikda qurmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi va bu ma’lumotni “yolg‘on” deb atadi.
"Yolg‘on xabarlarga kelsak, men ularga izoh bermayman", dedi diplomat.
Bunday rejalar borligi haqidagi ma’lumotni avvalroq The Washington Post nashri Ukraina xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarga tayangan holda tarqatgan edi. Shuningdek, Rossiya va Xitoy bu borada maxfiy muzokaralar olib borganligi aytildi.