Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Xitoyning “Xorgos” nazorat-o‘tkazish punkti orqali an’anaviy xitoy tabobatida qo‘llaniladigan 3 ming tonna dorivor xomashyoni import qildi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Sinxua agentligiga tayanib.
“Xorgos” bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday mahsulotlarni eksport qiluvchi asosiy davlatlar Qozog‘iston va O‘zbekiston hisoblanadi.
An’anaviy xitoy tibbiyotining rivojlanishi bilan an’anaviy xitoy tibbiyoti xomashyosiga bo‘lgan talab ortib bormoqda va Xitoy o‘z importini kengaytirishda davom etmoqda.
Mahalliy ekspeditorlik kompaniyalaridan birining vakili Markaziy Osiyodan yetishtiriladigan qizilmiya ildizi (qizilmiya – tahr.) yuqori sifati bilan Xitoy farmasevtika kompaniyalari orasida mashhur bo‘lganligi sababli kompaniyaga doimiy ravishda ko‘payib borayotgan buyurtmalar kelishini ta’kidladi.
Ma’lum bo‘lishicha, korxona joriy yil boshidan buyon Markaziy Osiyo davlatlaridan 950 tonnadan ortiq qizilmiya ildizi olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Shinjonda an’anaviy xitoy tabobati uchun dorivor xomashyo savdosi platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, u raqamlashtirish orqali ushbu turdagi xomashyoni SHUAR, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqalar o‘rtasida olib kirish va eksport qilish uchun to‘siqsiz kanallarni ta’minlaydi.