Qirg‘iziston prezidentining aytishicha, temir yo‘l qurilmasligini xohlaydigan ichkaridagi kuchlar bor. Ular “ba’zi bloger deb atalmish kishilarni, yaxshi gapira oladigan va chetdan moliyalashtiriladigan odamlar”ni yollaydi.
"Ular bu mavzuni ilib olib, “dod, Xitoy! Xitoy! Xitoy!”, deb shov-shuv qilishadi. Ammo, xitoylik mutaxassislar loyiha yakunlangach ketadi.
Bunday yirik megaloyihalar atrofida Xitoy mavzusini sun’iy ravishda bo‘rttirishning keragi yo‘q. Bu shunchaki o‘n yilliklarga, hatto yuz yilliklarga mo‘ljallangan loyihalar emas. U bizga ming yilliklarga kerak.
Bu yo‘l – Xitoyga yoki O‘zbekistonga emas, Yevropa yoki Amerikaga ham emas, birinchi navbatda Qirg‘izistonga kerak. …Qachondir Qumtor (mamlakatdagi eng katta oltin koni) tugaydi, boshqa resurslar tugab bitadi — unda biz nima qilamiz? Shunday ekan, temir yo‘l bizning “yangi Qumtorlarimiz”dan biriga aylanadi.
Bizda tranzit paydo bo‘ladi. Faqatgina Qirg‘iziston orqali yuklarni tranzit qilish hisobiga byudjetga kamida 400–500 mln dollar sof daromad tushishi mumkin", — dedi u.