Bu haqida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov “Vesti” axborot agentligiga ta’kidladi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, YAIM birinchi chorakda 0,2% ga pasayganidan keyin ikkinchi chorakda 1,3% ga o‘sgan. Bu hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar va asosiy foiz stavkaning pasayishi bilan bog‘liq.
“Rossiya hukumati, Markaziy bank va biznesning muvofiqlashtirilgan ishlashi iqtisodiyotga salbiy ta’sirni minimallashtirishga va mamlakat moliyaviy siyosatini normallashtirishga yordam bermoqda. Va oxir-oqibat, biz iqtisodiy o‘sishga qaytmoqdamiz", - dedi Reshetnikov.