Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy olti davlat fuqarolari uchun vizasiz sayohatni joriy qildi

A A A
Xitoy olti davlat fuqarolari uchun vizasiz sayohatni joriy qildi

1 dekabrdan Xitoy hukumati Yevropa Ittifoqining besh a’zosi (Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya) hamda Malayziya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi.

Uning navbatdagi brifingda aniqlik kiritishicha, ushbu davlatlar uchun vizasiz sayohat 2024-yilning 30-noyabriga qadar eksperimental asosda amal qiladi. "Xitoy intensiv rivojlanish va yuqori darajadagi ochiqlikni saqlab qolish uchun XXR va tashqi dunyo o‘rtasidagi odamlarning harakatini osonlashtirish uchun bir tomonlama vizasiz rejim ko‘lamini kengaytirishga qaror qildi", deb tushuntirdi Mao Ning.

TIV rasmiy vakilining qo‘shimcha qilishicha, sanab o‘tilgan davlatlar vakillari oddiy pasportga ega bo‘lgan holda vizasiz Xitoyga xizmat va sayyohlik safarlarini amalga oshirishi, qarindoshlari va do‘stlari bilan uchrashishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 15:28 24.11.2023. O'qildi: 1897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!