Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoy Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishdan bosh tortdi

Xitoy Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishdan bosh tortdi

Xitoy Mudofaa vaziri Li Shangfu Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashishni rad etdi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Shvesiyaga borgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

“Afsuski, kotib Ostin xitoylik mavqedoshi bilan kutgan uchrashuv amalga oshmadi”, degan Blinken

Ta’kidlanishicha, Pentagon rahbari Xitoy Mudofaa vaziri bilan Singapurdagi “Shangri-La dialogi” mintaqaviy xavfsizlik forumi doirasida uchrashmoqchi bo‘lgan. Biroq Pekin buni rad etgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Amerika tomoni avvalambor samimiylik namoyish etishi va muloqot uchun zarur shart-sharoit yaratish uchun real harakatlar qilishi kerak. Vazirlik Vashingtonda doimiy ravishda Pekin bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi haqida gapirilyotgani, biroq ular Xitoyning xavotirlariga e’tibor bermasligi va sun’iy ravishda ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadigan to‘siqlarni yaratishiga e’tibor qaratgan.

Kiritildi: 22:21 31.05.2023. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!