Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy Mudofaa vaziri Dun Szyunga nisbatan korrupsiya mojarosi yuzasidan tergov boshladi

A A A
Xitoy Mudofaa vaziri Dun Szyunga nisbatan korrupsiya mojarosi yuzasidan tergov boshladi

Xitoy hukumati mamlakat Mudofaa vaziri Dun Szyunga nisbatan korrupsiya mojarosi yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda Financial Times ma’lum qildi.

Dun Szyunga qarshi tergov Xitoy Xalq ozodlik armiyasi rahbariyati aloqador korrupsiya mojarosi doirasida boshlangan. Qayd etilishicha, bu korrupsiya sxemalarini fosh qilishga qaratilgan keng qamrovli tekshiruvning bir qismi hisoblanadi.

Dun Szyun 2023 yil dekabr oyida Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan. Xitoy Mudofaa vazirligining Szyundan oldingi ikki nafar rahbari korrupsiyada ayblanib, lavozimidan chetlatilgan edi.

Kiritildi: 16:22 27.11.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!