Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy kompaniyasi Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Xitoy kompaniyasi Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Bu haqda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegasiya joriy yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida muzokaralar olib borilgan edi.

Bugun Xitoydagi yirik "EVERBRIGHT ENVIRONMENT LIMITED" kompaniyasi vakillari shu maqsadda Namangan viloyatiga keldi.

Delegasiyani Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi.

Tashrif davomida Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan 10 gektar maydonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha "Zarafshon" KSZ hududida amalga oshiriladi va uning qiymati 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyani tashkil etadi. Loyiha ishga tushishi natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 1-bosqich 2025 yilning to‘rtinchi choragida, 2-bosqich esa 2026 yilning uchinchi choragida ishga tushadi. 2024 yilda loyihani rivojlantirish uchun 25 million dollarlik investisiya o‘zlashtiriladi.

Namangan viloyati hokimi bilan muloqotdan so‘ng ayni vaqtda delegasiya hudud bilan tanishmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:13. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!