“Falastinliklar u yerdan ketmaydi, bu ularning yeri, ikkinchidan, gumanitar muammolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ko‘p odam o‘z manfaatlarini himoya qilishga intiladi. Isroilda ham ko‘pchilik buni tushunadi", dedi Putin.
Falastin muammosini hal qilishning asosiy yo‘li — to‘laqonli Falastin davlatini tashkil qilish, deya qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi
Rossiya bir necha yildan beri Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947 yildagi rezolyusiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlab kelmoqda. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.