Ukraina agentlari Rossiya hududidagi aerodromda joylashgan Rossiya harbiy transport samolyotini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Ukraina so‘nggi oylarda Rossiya va Rossiya nazorati ostidagi
hududlarda harbiy ob’ektlar va energetika ob’ektlarini nishonga olib, Rossiyaning harbiy logistikasini buzishga harakat qilib, Rossiya ichida hujumlarini kuchaytirdi.
Kiyev harbiy razvedka boshqarmasi shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Tu-134 transport samolyotini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, hujum Ukraina bilan chegaradan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan Orenburg viloyatidagi harbiy aerodromda sodir etilgan.
«Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan bu samolyotlar asosan Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatini tashish uchun ishlatiladi», deyiladi xabarda.