Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada besh yulduzli mehmonxona va savdo markazi quradi

A A A
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada besh yulduzli mehmonxona va savdo markazi quradi

Xitoylik investorlar Farg‘ona shahrida besh yulduzli mehmonxona va savdo markazi majmuasi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Baishan Zhongtian Development kompaniyasi rahbari Vey Xenshan boshchiligidagi delegasiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Xitoyning Baishan Zhongtian Development kompaniyasi tomonidan Farg‘ona shahrida besh yulduzli mehmonxona va savdo markazi majmuasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi. 2024 yil mart oyida viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda ushbu majmuaning umumiy konsepsiyasi yuzasidan fikr almashilgandi.

Mazkur muloqot chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan loyiha konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazilib, yaqin muddatda loyihani amalga oshirishga kirishilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 17:39 12.05.2024. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!