Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Toshkent viloyati va Xitoyning Chun Sin shahri o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, turizm biznes forumi ochilishida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq so‘zladi va xitoylik tadbirkorlarni O‘zbekistonda, xususan, Toshkent viloyatida biznes boshlashga taklif etdi.

Hozirda viloyatda Xitoy bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 380 dan ziyodni tashkil etadi. Xitoylik ishbilarmonlar orasida 300 million dollar investisiya kiritgan “Conch cement” va 100 million dollar investisiya kiritgan “Dongfeng Trading” kompaniyalari samarali natijalarga erishmoqda. Shuni e’tiborga olib, kelgusida hamkorlikni yana kengaytirish rejalashtirilgan.

Joriy yil oktyabr oyida davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi bo‘lgandi. Unda tomonlar o‘rtasida yuqori qo‘shilgan qiymatli innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni birgalikda tashkil etish orqali yuqori texnologik loyihalarni ko‘paytirishga kelishib olingan.

Shuni e’tiborga olib, Toshkent viloyati delegasiyasi forum doirasida 10 dan ziyod taqdimot va muzokarada qatnashadi. So‘ngra B2B formatida tadbirkorlarning o‘zaro muloqotlari ham tashkil etiladi. Muzokaralarda har ikki tomon mavjud imkoniyatlarni baholab, loyiha istiqboli bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Reja bo‘yicha forum davomida umumiy qiymati 1 milliard 300 million dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:47 04.12.2023. O'qildi: 1507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!