Xitoy Isroilning Qatar poytaxti Doxada HAMAS muzokarachilari joylashgan binoni havodan urishini keskin qoraladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Szyan Pekindagi brifingda shunday dedi:
“Biz Isroilning Qatarning hududiy yaxlitligi va milliy xavfsizligini buzgan hujumini qat’iy qoralaymiz. Kuch ishlatish Yaqin Sharqqa tinchlik olib kelmaydi, muammolarni faqat muloqot va muzokara yo‘li bilan hal qilish mumkin”.
Unga ko‘ra, Isroil G‘azoda otishmani to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni qasddan izdan chiqarishga harakat qilmoqda. Xitoy esa Tel-Avivni keskinlikni kuchaytirmaslikka, balki urushni tugatish uchun konstruktiv qadamlar tashlashga chaqirdi.
Shuningdek, Lin Szyan AQShning Yaqin Sharq masalalaridagi “mutlaqo muvozanatsiz pozisiyasi” mintaqada keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelayotganini qayd etdi.
📰 Bir kun oldin Isroil Doxada HAMAS delegasiyasi joylashgan binoga havo hujumi uyushtirgan edi. XAMAS ma’lumoticha, hujum natijasida harakat siyosiy byurosi a’zosi Xalil Hayyening o‘g‘li, uning to‘rt nafar hamrohi va bir nafar qatorlik polisiyachi halok bo‘lgan.