Xitoy hukumati Ukrainada urush boshlanganidan bir necha oy o‘tib, Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni o‘rganish uchun idoralararo guruh tuzdi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Xitoy rasmiylari Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa idoralar xodimlari bilan uchrashgan.
"Ma’lumot to‘plash va tadqiqot o‘tkazish Xitoy Tayvanga bostirib kirishga tayyorlanayotganini anglatmaydi, aksincha, Pekin qurolli mojaroning “ekstremal ssenariysi”ga tayyorlanyapti", — deya tushuntiradi WSJ manbalaridan biri.