Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari keng qamrovli dengiz mashqlarini boshladi

Xitoy harbiy-dengiz kuchlari keng qamrovli dengiz mashqlarini boshladi

Mashqlarga ikkita samolyot tashuvchi va 70 ta boshqa harbiy kema, noma’lum sonli samolyotlar, kemaga qarshi raketa batareyalari va suv osti kemalari ishtiroki jalb qilingan.

"Asosiy e’tibor dengiz va havoda jangovar tayyorgarlikni patrul qilish, har tomonlama nazoratni qo‘lga olish, dengiz va quruqlikdagi nishonlarga zarba berish, asosiy hududlar va yo‘nalishlarni to‘sib qo‘yish ustidan nazorat o‘rnatish kabi mashg‘ulotlarga qaratilgan," - deyiladi Xitoy armiyasi bayonotida.

Mashqlar Tayvanni qamal qilish, AQSh Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippin qatorida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan havo va dengiz hujumi hamda qarshi hujumni taqlid qilish uchun o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:19 01.06.2025. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!