Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ayrim xitoyliklar Rossiyada yollanma askar sifatida xizmat qilish uchun 27 ming dollargacha bir martalik mukofot va har oy $2,500 maosh olyapti.
"Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida turli videolar tarqalmoqda. Ularning ba’zilari ruslarning "kuchli erkaklar" haqidagi militaristik propagandasiga o‘xshaydi, boshqalari esa bu ishni pul topish va dam olish imkoniyati sifatida ko‘rsatadi. Shuningdek, Xitoyni tark etayotgan oddiy odamlarning skrinshotlari ham ulashilmoqda. Ularning barchasida Rossiyada yollanma askar bo‘lishning foydalari targ‘ib qilinadi", deb yozilgan materialda.