XXR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi juma kuni Xitoy, Rossiya va Eron o‘rtasida Islom Respublikasi yadroviy muammosi bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
“China Daily” yozishicha, Pekinda RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov va Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy ishtirokidagi yig‘ilishga XXR rasmiysi Ma Chjaoxu raislik qiladi.
Uch tomon shu kuni o‘zaro manfaatli boshqa mavzular bo‘yicha ham fikr almashadi.