Xitoy Eron atrofidagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I isroillik hamkasbi Gideon Saar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Kuch muammolarni chinakamiga hal qila olmaydi; aksincha, u ko‘pincha yangi muammolarni keltirib chiqaradi va jiddiy uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. Harbiy kuchning asl qiymati jang maydonida emas, balki urushning oldini olishda", dedi Van I.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Pekin xalqaro va mintaqaviy muammolarni muloqot va muzokaralar orqali hal qilishni qo‘llab-quvvatlashini va mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishda konstruktiv rol o‘ynashni davom ettirish niyatida ekanligini ta’kidladi.