Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy davlat xizmatiga ishga qabul qilish yoshini 35 yoshdan 38 yoshgacha oshirdi

Xitoy davlat xizmatiga ishga qabul qilish yoshini 35 yoshdan 38 yoshgacha oshirdi

Xitoy so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta davlat xizmatiga qabul qilish yoshini qayta ko‘rib chiqdi, deya xabar beradi China Daily.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat xizmati bo‘yicha davlat boshqarmasi 30 noyabrda bo‘lib o‘tadigan milliy imtihon uchun ariza topshirish jarayoni oldidan yangi qoidalarni e’lon qildi.

Yangilangan talablarga ko‘ra, nomzodlarning aksariyati uchun eng yuqori yosh chegarasi 35 yoshdan 38 yoshgacha oshirildi. Magistratura yoki doktorantura darajasiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun bu chegara 40 yoshdan 43 yoshgacha ko‘tarildi.

2026 yilda Xitoyning markaziy davlat idoralari va ularga bo‘ysunuvchi tuzilmalarning 38 100 nafar davlat xizmatchisini ishga olishi kutilyapti. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1602 kishiga kam va 2019 yildan beri birinchi marta qisqarish.

Yosh chegarasi o‘zgarganiga qaramay, mutasaddilar yoshlarni ish bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratyapti. Xususan, 26 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni oliy o‘quv yurtlarini keyingi yillarda tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror Pekinning pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish siyosatiga mos keladi.

Kiritildi: 23:05 17.10.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!