Xitoy davlat josusi AQSh Moliya vazirligi tizimini buzib kirib, maxfiy bo‘lmagan hujjatlarga ega bo‘ldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xaker 8 dekabr kuni xavfsizlik kaliti orqali tizimga kirgan. Bu kiberhujumga Xitoyning APT guruhi aloqador deb hisoblanmoqda. Xitoy esa xakerlik hujumiga aloqadorligini inkor etmoqda.