Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy aybini tan oldi! Koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatoliklar bo‘lgan 

Xitoy aybini tan oldi! Koronavirus epidemiyasiga javob choralari ko‘rishda xatoliklar bo‘lgan 

Xitoy koronavirus epidemiyasiga qarshi javob choralari ko‘rishdagi xatolarini tan oldi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan Xitoy parlamenti qonunchilik yig‘ini sessiyasi ochilishida hukumat ishi bo‘yicha hisobotidagi chiqishi vaqtida ma’lum qildi.

Kesyanning aytishicha, koronavirus tarqalishi davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatni boshqarishda ko‘plab zaif bo‘g‘inlar yuzaga chiqqan

Bosh vazirning ta’kidlashicha, ba’zi sohalarda korrupsiya va qog‘ozbozlik keng tarqalgan muammolar bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, hukumat ishi ortiqcha rasmiyatchiliklar sababli qiyinlashgan. Uning aytishicha, bir qator amaldorlar yo o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaydi, yo ularni umuman bajarishga qodir emas.  

Xitoy hukumati bu muammolarga sinchkovlik bilan e’tibor qaratib, aholining turli qatlamlari vakillari fikrlari va takliflarini hisobga oladi. “Biz o‘z ishimizni yaxshilashimiz, o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz va xalq ishonchiga muvofiq kelish uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Li Kesyan.

Ayni vaqtda bir nechta davlatlar, jumladan, AQSh Xitoyni koronavirus epidemiyasiga tegishlicha javob bermaganlikda va shu sababli uning butun dunyoga tarqalishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab kelmoqda.

Kiritildi: 11:18 23.05.2020. O'qildi: 4100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!