Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy Armanistonning yadro energetikasini o‘z qo‘liga olmoqda

Xitoy Armanistonning yadro energetikasini o‘z qo‘liga olmoqda

Xitoy Armaniston atom energetikasini barpo etish va rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Xitoyning Armanistondagi vaqtinchalik ishonchli vakili Min Chen arman ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Armaniston hukumati yangi atom elektr stansiyasi qurilishi masalasini ko‘rib chiqmoqda, chunki "Rosatom" ishtirokida modernizasiya qilingan amaldagi Metsamor AESning ishlash muddati 2036 yilda yakunlanadi. Ehtimoliy energiya taqchilligining oldini olish uchun yangi stansiya qurilishi shu muddatgacha tugallanishi lozim.

Chen, shuningdek, Pekinning "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida Armanistonni transport loyihalariga yanada faolroq jalb etish niyatida ekanligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Armanistonning "Tinchlik chorrahasi" dasturi bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 20:02 07.04.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!