Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi siyosatidan norozi

Xitoy AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi siyosatidan norozi

Qo‘shma Shtatlar Xitoyni ushlab turish uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi tinchlik, barqarorlikka tahdid soladigan nizolarni kuchaytirmoqda, deb bayonot berdi XXRning Tailanddagi elchisi Xan Chjisyan “Bangkok post” gazetasiga.

– AQSh xalqaro iqtisodiy tizimdagi ustuvorligidan foydalanib, global sanoat zanjiri qoidasini buzib, jahon iqtisodiyotiga zarar keltirish maqsadida savdo urushi va texnologiya qamalini o‘rnatmoqda, – degan elchi. – Qo‘shma Shtatlarning Hind-Tinch okeani bo‘yicha strategiyasi, aslida, Xitoyni ushlab turish uchun siyosiy vositadir. Xitoy xalqining yaxshi yashash huquqini, mamlakat taraqqiyotini cheklashga qaratilgan hech qanday harakat muvaffaqiyat olib kelmaydi, aksincha, oxir-oqibat ularning o‘ziga zarar keltiradi. Buni XXRning so‘nggi yillarda erishilgan sezilarli darajadagi ilmiy-texnikaviy yutuqlari ham namoyish etmoqda. Gegemonlikning “G‘olib hamma narsaga ega bo‘ladi” tamoyili tarix, insoniyat jamiyati taraqqiyoti, kishilarning mintaqa va butun dunyoda tinchlikka, rivojlanishga intilishi qoidalariga tamoman ziddir.

Elchi Pekin “Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli va mintaqaviy hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish yo‘lida ishlashga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 11:50 02.10.2023. O'qildi: 1565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!