Xitoy AQShning Eronga qilgan hujumi Vashingtonga bo‘lgan ishonchni susaytirganini ta’kidladi. Pekin vaziyat “nazoratdan chiqib ketishi mumkin”ligidan xavotir bildirganini Xitoy davlat televideniyesi BMT Xavfsizlik Kengashidagi majlisdan so‘ng xabar qildi.
Xitoyning BMTdagi elchisi Fu Sun tomonlarni, ayniqsa Isroilni, “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga” va vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikka chaqirdi.
❕ “Eron jabr ko‘rdi, ammo shu bilan birga Amerika Qo‘shma Shtatlari — davlat sifatida ham, xalqaro muzokaralardagi ishtirokchi sifatida ham — o‘z obro‘sini yo‘qotdi,” — dedi Fu.