Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy AQShning bir qancha tovarlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qildi

Xitoy AQShning bir qancha tovarlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qildi

Xitoy 16 turdagi AQSh mahsulotlariga qo‘yilgan bojlarni bekor qilganini ma’lum qildi. Bu xabarlar Xitoy va AQSh vakillarining muzokaralar uchun uchrashishidan bir necha kun avval tarqaldi.

Tariflardan ozod qilingan tovarlar ro‘yxatiga saratonga qarshi dori-darmonlar va yog‘lar, hayvonlar uchun zardob va baliq ovqatlari kiritildi,  deb xabar berdi Moliya vazirligi o‘z veb-saytida.

Ayrim tahlilchilar  Xitoyning bu harakatini do‘stlik belgisi, deb hisoblashadi.

“Kelgusi savdo kelishuvlarida noaniqliklar ko‘p. Faqat 16 ta mahsulotdan iborat ro‘yxat Xitoyning pozisiyasini o‘zgartirmaydi”, dedi  Xitoylik iqtisodchi Iris Pang.

Darhaqiqat, ayni paytda AQShning 5000 dan ortiq mahsulotlari Xitoyning qo‘shimcha bojlar olinadigan ro‘yxatida turibdi.  Bundan tashqari,  AQShdan katta miqdorda import qilinadigan soya va cho‘chqa go‘shti ham qo‘shimcha bojlar qurshovida. Xitoy bu tovarlarni Braziliya va boshqa  mamlakatlardan import qilmoqda.

Amerikaning taniqli ishbilarmonlari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda savdo urushi AQSh kompaniyalari uchun foyda va investisiya istiqbollarini pasaytirganligi aytilmoqda.

Xitoyning AQSh tovarlariga qo‘yilgan qo‘shimcha bojlarni bekor qilishi 17 sentyabrdan kuchga kirgan va 2020 yil 16 sentyabrgacha bir yil davomida amal qiladi.

Kiritildi: 13:45 21.09.2019. O'qildi: 1932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!