Xitoy hukumati AQShning ayrim tovarlariga 125 foizlik bojni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunday tashabbusga o‘zaro savdo cheklovlari tufayli iqtisodiy yo‘qotishlar sabab bo‘lmoqda.
Rasmiylar tibbiy asbob-uskunalar va etan kabi ba’zi sanoat kimyoviy moddalariga qo‘shimcha to‘lovlarni bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda, dedi manbalar.
Samolyot lizing to‘lovlarini bojlardan ozod qilish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda. Dunyo bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalar singari, Xitoy aviatashuvchilari ham o‘zlarining butun parkiga egalik qilmaydilar va ba’zi samolyotlarni uchinchi shaxslardan ijaraga olishadi. Shu sababli, qo‘shimcha bojni hisobga olgan holda to‘lovlar moliyaviy jihatdan imkonsiz bo‘lib qoladi.
Xitoy aprel oyi boshida elektronikani Xitoy importidan 145% tarifdan ozod qilgan Qo‘shma Shtatlarning shunga o‘xshash harakatlarini ko‘rib chiqmoqda.