Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShni «soya diplomatiyasi» orqali yana bir bor ortda qoldirdi

Xitoy AQShni «soya diplomatiyasi» orqali yana bir bor ortda qoldirdi

Oktyabr oyining oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan ayrim bojlarni kamaytirish va Xitoy tomonidan xaridlarni ko‘paytirish bo‘yicha kelishgan edi.

📌 Soya AQSh fermerlari uchun asosiy eksport mahsulotlaridan biridir. Trampning aytishicha, yanvar oxirigacha AQSh 12 million tonna soya eksport qilishi kerak.

«Fermerlarimiz juda xursand bo‘ladi!», — deb yozgan edi Tramp Truth Social’d a.

Biroq AQSh OAVlari fermerlar orasidagi noqoniqlik va statistik ma’lumotlar Xitoy amalda soya xaridlarini oshirmaganini ko‘rsatmoqda. Trade Data Monitor va CSIS hisoblariga ko‘ra, Trampning tarif siyosati tufayli yil boshidan buyon Xitoyga agrar eksport 73% ga (6,8 mlrd dollarga) kamaygan. Soya yetkazib berish 50% ga qisqargani bois ko‘plab fermerlar hatto hosil yig‘ish uchun mablag‘ topa olmagan.

Tahlilchilarning aytishicha, Si Szinpin Trampning birinchi prezidentlik muddatida ham ishlagan hiylani yana qo‘llamoqda — «soya boblari hiylasi». 2018 yilda Yevrokomissiya sobiq raisi Jan-Klod Yunker Trampni xushnud qilish uchun Yevropa AQSh soyasini ko‘p miqdorda xarid qiladi deb va’da bergan, ammo bu haqda qaror qabul qilish undagi vakolat emas edi. Natijada Yevropa bitta ham soya xarid qilmagan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin ham xuddi shu usulni ishlatmoqda — va’da beradi, ammo amalda AQShdan oldingi miqdordan ko‘proq soya sotib olmayapti. Chunki Xitoyga endilikda Amerika soyasi kerak emas.

Trampning bojlaridan keyin Pekin:

  • yangi yetkazib beruvchilar topdi,

  • ulkan soya zaxirasi to‘pladi.

Reuters yozishicha, Xitoyda hozir soya profisiti mavjud: port omborlari to‘lib ketgan, davlat zaxiralari to‘la. Shu bilan birga, Amerika soyasiga hanuz 13% boj qo‘llaniladi, bu esa Xitoy bozorida uni noqulay qiladi.

Kiritildi: 16:55 16.11.2025. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!