Tariflar tufayli Xitoy AQSh byudjeti uchun eng katta daromad manbalaridan biriga aylandi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Michigan shtatining Detroyt shahridagi nutqida aytib o‘tdi.
"Xitoy endi bizning eng yirik soliq to‘lovchilarimizdan biri. Qachondir Xitoy bizning eng katta soliq to‘lovchimiz bo‘lishiga ishoganmidingiz?", dedi u.
"Dalillar tariflarni amerikalik iste’molchilar emas, balki xorijiy davlatlar va vositachilar to‘layotganini aniq ko‘rsatib turibdi. AQSh moliya vaziri Skott Bessent bu haqda biz bilan ilgari ham muhokama qilgan edi: tariflar vositachilar tomonidan to‘lanadi", deb qo‘shimcha qildi Tramp.