Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy-AQSh savdo muzokaralari 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkin

Xitoy-AQSh savdo muzokaralari 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkin

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralari 10 oktyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda CNBC uchta manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Xitoy delegasiyasini XXR Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Xe boshqaradi.

Xitoy Savdo vazirligining rasmiy vakili Gao Feng, Xitoy hukumati AQSh bilan savdo muzokaralarining 13-raundiga faol tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.

Bir necha oylar davomida Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo qarama-qarshiliklarini bartaraf etish maqsadida keskin muzokaralar olib borishmoqda, uning oxirgi 12-raundi 30-31 iyul kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu haftada ikki mamlakatning ishchi guruhlari savdo nomutanosibligi va investorlarni himoya qilish muammolarini oldindan muhokama qilishni rejalashtirmoqdalar. XXR Davlat kengashi Bosh vazirining o‘rinbosari Lyu Xening so‘zlariga ko‘ra, Pekin Amerika tomonining qadamlarini ijobiy baholadi, bu esa, 1 oktyabrdan 15 oktyabrgacha 250 milliard dollarlik Xitoy tovarlariga 25 foizdan 30 foizgacha soliqlarni oshirishni keyinga qoldiradi. Qo‘shma Shtatlarning 16 ta savdo ob’ektlariga qo‘shimcha tariflar bekor qilinadi.

Kiritildi: 12:05 29.09.2019. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!