Xitoy Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib bergani uchun AQSh harbiy-sanoat kompleksiga tegishli bo‘lgan 13 ta kompaniyaga, shuningdek, ushbu korxonalarning 6 nafar menejeriga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlar 2024 yil 5 dekabrdan kuchga kiradi, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Sanksiyaga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki muzlatiladi va ular bilan biznes yuritish taqiqlanadi, cheklovlarga duchor bo‘lgan rahbarlarning Xitoyga kirishi taqiqlanadi, deb aniqlik kiritmoqda Tashqi ishlar vazirligi.