Xitoy sayyohlikni rag‘batlantirish va mamlakat nufuzini mustahkamlash maqsadida 74 ta davlat fuqarolariga 30 kunlik vizasiz kirish huquqini berdi. Bu haqda Xitoy Milliy migrasiya ma’muriyati ma’lum qildi, deb yozadi The Washington Post.
Vizasiz rejim dastlab 2023 yil dekabrda Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya va Malayziya fuqarolari uchun joriy etilgan edi. Keyinchalik ushbu ro‘yxat kengaytirilib, hozirda deyarli barcha Yevropa davlatlari, shuningdek, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Osiyodagi qator mamlakatlarni qamrab olgan.
Bu qaror Xitoyning turizmni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va chet ellik mehmonlar uchun qulaylik yaratish borasidagi sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida baholanmoqda.