Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy 2026 yil oxirigacha 40 dan ortiq davlatlar uchun vizasiz rejimni uzaytirdi

A A A
Xitoy 2026 yil oxirigacha 40 dan ortiq davlatlar uchun vizasiz rejimni uzaytirdi

Xitoy 40 dan ortiq davlat fuqarolari uchun bir tomonlama vizasiz rejimni 2026 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi, deb xabar beradi Xinhua.

Ilgari, ro‘yxatdagi ayrim davlatlar uchun vizasiz rejim 2025 yil oxirida tugashi kerak edi. Bundan tashqari, Shvesiya Xitoyga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga qo‘shildi. Ushbu mamlakat aholisi 2025 yil 10 noyabrdan 2026 yil 31 dekabrgacha XXRga vizasiz kirishlari mumkin.

Vizasiz rejim Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya, Shveysariya, Irlandiya va Vengriya kabi bir qator mamlakatlarning oddiy pasport egalariga nisbatan qo‘llaniladi. U Xitoyga turizm, ish safarlari, qarindoshlar va do‘stlarni ziyorat qilish, almashinuv dasturlarida ishtirok etish yoki tranzit uchun kirishda viza talablaridan ozod qilishni nazarda tutadi.

Mamlakatda vizasiz qolish muddati — 30 kun.

Kiritildi: 23:26 04.11.2025. O'qildi: 2000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!