Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xiaomi qordan ham, yomg‘irdan ham himoyalovchi kurtka yaratdi

Xiaomi qordan ham, yomg‘irdan ham himoyalovchi kurtka yaratdi

Xiaomi DMN brendi bilan hamkorlikda kuzgi sovuqlarda ham, qishki qahratonlarda ham kiyishga mo‘ljallangan universal kurtka ishlab chiqardi. Ushbu kurtka -40 °C sovuqda ham tanani issiq saqlaydi. Uni kiyib yurish ham qulay.

Mazkur kurtkaning ko‘rinishi ham juda g‘aroyib – issiq “vetrovka”ga o‘xshab ketadi. Uning ichki astari qalinligi bor-yo‘g‘i bir necha millimetrni tashkil qilib, og‘irligi 400 g. Ushbu kurtka kosmonavtlar skafandrlarini tayyorlashda qo‘llanadigan materialdan tikilgan.

Kiyimning asosi aerogel materiali bo‘lgan, uch qavatli gazlamadan iborat. Kurtkaning issiqlik o‘tkazuvchanligi ham past darajada. Buni NASA muhandislari ham yuqori baholagan. Aerogel kosmonavtlar skafandrlarida izolyasiyasi uchun ham qo‘llaniladi.

Kiyimning ichki qismida kumush ionlaridan iborat mato qo‘llanilgan. U inson tanasining issiqligiga juda yaxshi reaksiya ko‘rsatadi. Ustki qismi esa suv o‘tkazmas qavatdan iborat bo‘lib, qordan ham, yomg‘irdan ham himoyalaydi.

Kurtkaning yechib taqish mumkin bo‘lgan kapyushoni ham mavjud. Uni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.

Hozirda ushbu ustki kiyimning qora va qum rangi taklif etilmoqda.

 

Kiritildi: 11:45 03.11.2019. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!