Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Xavi va Klopp terma jamoalardagi faoliyatini o‘zaro bahs bilan boshlaydi

Xavi va Klopp terma jamoalardagi faoliyatini o‘zaro bahs bilan boshlaydi

Chorshanba kuni Xavi Niderlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangani e’lon qilindi. "Apelsinranglilar" navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni Millatlar ligasining 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi o‘tkazadi.

Niderlandiya — Germaniya uchrashuvi har ikki terma jamoa bosh murabbiyi — Xavi va Yurgen Klopp uchun yangi lavozimdagi ilk o‘yin bo‘ladi. Shu tariqa, futbol muxlislarini ikki mashhur mutaxassis o‘rtasida qiziqarli murabbiylik to‘qnashuvi kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xavi Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi bilan to‘rt yillik — 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Ispaniyalik mutaxassis 2024 yil bahorida "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini tark etganidan buyon jamoasiz edi.

Kiritildi: 10:30 13.08.2026. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!