“Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar” ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3755-son, 13.01.2025 y.).
✅ Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi.