Bloger va UFC a’zosi Xasbulla Magomedov Forbes'ni sudga bermoqchi.
Avvalroq, Forbes Xasbikning daromadini ma’lum qilgandi. Biroq bloger ushbu summa xato ekanini aytgandi. Yana shunday noto‘g‘ri ma’lumot tarqatilgan taqdirda, Xasbik tashkilotni sudga berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Forbes Xasbikni uch yil davomida 2,2 million dollar topgani haqida xabar tarqatgan edi.