Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Bu haqda beshta xabardor manbaga tayanib Politico xabar bermoqda.
"Partiya unga ikkinchi marta murojaat qilishini tasavvur qilolmayman," - dedi Demokratik partiyaning nomsiz qolishni istagan strateglaridan biri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xarris o‘zining siyosiy faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda va o‘z yordamchilariga barcha mumkin bo‘lgan variantlarni, jumladan, nafaqat navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish, balki Kaliforniya gubernatori lavozimiga nomzodni ham o‘rganishni topshirgan. 2026 yilda amaldagi demokrat-gubernator Gevin Nyusom o‘z vakolatlarini tugatadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Xarris telefon suhbatlarida "kurashni davom ettirishni rejalashtirayotganini" bir necha bor eslatib o‘tgan. Vitse-prezident qishki bayramlar paytida oilasi bilan kelgusi rejalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Uning sobiq yordamchilaridan birining ta’kidlashicha, Xarris uchun "sayohat qilish, chiqish qilish va siyosiy aloqalarini saqlab qolish imkonini beradigan tuzilmani yaratish" tabiiy bo‘lar edi.
"U shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qiladiganlardan emas. Ba’zan qaror qabul qilish uchun unga juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Shuning uchun men sizga kafolat beramanki, uning keyingi qadami qanday bo‘lishi haqida u hech qanday tasavvurga ega emas," - dedi Brayan Brokau, Xarrisning sobiq yordamchisi, uning atrofidagilarga yaqinligini saqlab qolgan.