AQSh vise-prezidenti va davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Xarrisning aytishicha, Eron barcha davlatlar orasida AQShning asosiy dushmani hisoblanadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U OAVga bergan interyusida AQShning qaysi raqibi uning nuqtai nazaridan asosiysi ekanligi haqida gapirib, "Men bu aniq Eron deb hisoblayman", deb aytdi.
Xarrisning ta’kidlashicha, agar u 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish uning asosiy ustuvorligi bo‘ladi.