Ukraina Milliy polisiyasining xabar berishicha, 29 iyul tongida Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatining Novoplatonovka qishlog‘iga hujum uyushtirgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida besh nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bundan tashqari, mahalliy do‘kon yonib ketgan.