Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xarkov viloyatining front yaqinidagi aholi punktlarida evakuasiya e’lon qilindi

A A A
 Xarkov viloyatining front yaqinidagi aholi punktlarida evakuasiya e’lon qilindi

"Kupyansk, Kondrashovka, Kurilovka, Petropavlovka va boshqa aholi punktlaridan tinch aholi evakuasiya qilinmoqda", — deya aniqlik kiritdi mahalliy harbiy boshqarma rahbari Oleg Sinegubov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi harbiy vaziyat yomonlashmoqda va bunday sharoitda hokimiyat aholini “issiqlik, elektr energiyasi va insonparvarlik yordami” bilan ta’minlay olmaydi.

Sinegubovning aytishicha, Kupyansk tumanidagi Oskol daryosining sharqiy qirg‘og‘ida to‘rt mingga yaqin tinch aholi qolmoqda. Rossiya armiyasi bir necha oydan beri ushbu zonaga kirishga harakat qilmoqda, chunki daryo unga qo‘lga kiritilgan pozisiyalarni ushlab turishga yordam beradi.

Kiritildi: 22:10 15.10.2024. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!